Suyuq tuz haqida eshitganmisiz? Konimexning bu loyihasi ko‘pchilikning koriga yaramoqda

Suyuq tuz haqida eshitganmisiz? Konimexning bu loyihasi ko‘pchilikning koriga yaramoqda

Nima uchun suyuq tuz?

“Shojon tuz group” korxonasi ish boshqaruvchisi Sadriddin Shukurovning ta’kidiga ko‘ra, suyuq tuzdan tekstil korxonalarida matoni bo‘yash maqsadida foydalaniladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ilk bora suyuq tuz aynan shu yerda ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari  korxonada tuz toshlar va tuz qumlari qayta ishlanib, eksportbop osh tuzi va suv havzalari quvurlarini tozalashda ishlatiladigan tuz tabletkalari ham ishlab chiqarilayotganining guvohi bo‘ldik. Tuman markazidan 30 km uzoqlikdagi “Zafarobod” MFYda joylashgan “Shojon tuz group” MCHJ loyihasining umumiy qiymati 17 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Yil oxiriga qadar korxona 80 ming AQSh dollarlik mahsulotni ekport qilishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!