Suriyada o‘rmonga qasddan o‘t qo‘ygan 24 kishi qatl etildi. 11 kishi bir umrga qamaldi

Suriyada o‘rmonga qasddan o‘t qo‘ygan 24 kishi qatl etildi. 11 kishi bir umrga qamaldi

Suriyada 2020 yilda o‘rmon qasddan o‘t qo‘ygani uchun 24 kishi qatl qilindi. Bu haqda BBC 22 oktyabr, juma kuni Suriya Adliya vazirligiga tayanib xabar berdi.

Qatl qilinganlar "odamlarning hayotiga zomin bo‘lishga va davlat infratuzilmasiga, davlat va xususiy mulkiga yonuvchan materiallardan foydalangan holda zarar yetkazishga olib kelgan terrorchilik harakatlarini sodir etgan jinoyatchilar", - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, yana 11 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yana to‘qqiz kishi, shu jumladan beshta voyaga yetmagan shaxsga 10 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!