Sudlanganlik “tamg‘asi” qanday olib tashlanadi?

A A A
Sudlanganlik “tamg‘asi” qanday olib tashlanadi?

Ko‘p fuqarolarimiz “sudlangan” degan qora tamg‘adan yiroqroq yurishga harakat qilishadi. Dunyoda hech bir inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, balki ana shu salbiy illatni hayoti davomida o‘ziga orttirib oladi. Taqdir taqozosi bilanmi yoki bilib-bilmay adashib jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlar keyinchalik o‘z bo‘ynilariga “sudlangan” degan tamg‘ani olishga majbur bo‘lishadi.

Sudlanganlik o‘zi nima? Amaldagi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Aslida, sud tomonidan jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi.

Har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikning oqibati bo‘lgani kabi, jinoyat sodir etishning ham o‘ziga yarasha huquqiy oqibati mavjud va bu ham bo‘lsa sudlanganlikdir.

Sudlanganlik esa shaxs manfaatlariga ta’sir etuvchi bir qator huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.

Ular qo‘yidagilar:

jinoyat kvalifikasiyasiga ta’sir etuvchi, ya’ni jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi holat hisoblanadi;

muayyan hollarda shaxsni “o‘ta xavfli residivist” deb topilishiga asos bo‘ladi;

jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi;

ilgari sodir etilgan jinoyati uchun jazo o‘tayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan hollarda, hukmlar majmui bo‘yicha jazo belgilashda sudlanganlik qattiqroq qoidalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi;

tugallanmagan va olib tashlanmagan sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar bo‘yicha, masalan, jabrlanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga to‘sqinlik qiladi.

 Qo‘yidagi holatlarda shaxs sudlanmagan hisoblanadi:

jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilganda;

tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa;

javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

jinoyat sodir etgan shaxs kasalligi tufayli jazodan ozod qilinganda;

amnistiya yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganda;

Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.

Ko‘pchilikka sudlanganlik holati qachon yo‘qolishi qiziq. Shu masalaga to‘xtaladigan bo‘lsak, demak, jinoyat qonuni bo‘yicha shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sud tomonidan shaxsga belgilangan sinov muddati tugagan kundan boshlab;

majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;

ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;

besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;

besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — etti yil o‘tgach;

o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.

Qonunchiligimizda fuqarolarimiz bilish lozim bo‘lgan muhim qoidalar mavjud. Bu sudlanganlikni muddatidan oldin olib tashlash masalasidir.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa:

jamoat birlashmasi;

fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi;

mehnat jamoasi;

jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi yoki vakilining bergan iltimosnomasiga ko‘ra ham sud Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan yuqorida qayd etilgan muddatlarning kamida yarmini o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.

Biroq qonunchiligimizda imtiyoz tariqasida iqtisodiyot asoslariga qarshi ayrim jinoyatlar uchun, xususan Jinoyat kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda (bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor), Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismini o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, qonunchiligimizda o‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan shaxslar hamda o‘ta xavfli residivistlar, agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkinligi belgilangan.

Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma sudlanganlik holati mavjud shaxs, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan jazoni o‘tab chiqqan shaxs yashash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.

Shuningdek, sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari qanday hisoblanadi?

Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari sud tomonidan jazoga hukm qilingan shaxsning asosiy va qo‘shimcha jazolari o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Asosiy va qo‘shimcha jazo o‘tab bo‘lingach Jinoyat kodeksining 78-moddasida belgilangan, ya’ni sudlanganlik muddatlari o‘tishi bilan shaxs sudlanmagan hisoblanadi.

Sudlanganlik muddatlarini hisoblashda bir qator qoidalar mavjud. Masalan agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‘i bilan almashtirilgan jazoning amalda o‘tab bo‘lingan qismidan hisoblanadi;

Agar shaxsga tayinlangan jarima va axloq tuzatish ishlari jazosini sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi;

Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi.

Yuqorida to‘xtalib o‘tilgan masalalar yuzasidan fuqarolarimizga sudlanganlik bo‘yicha yetarli darajada ma’lumot bergan bo‘lsak o‘z maqsadimizga erishgan hisoblanamiz. Zero, jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoidalardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etish hamda ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Shunday ekan, barchamiz mamlakatimiz ravnaqi uchun amaldagi qonunlarimizda o‘rnatilgan huquq va erkinliklarimiz bilishimiz, majburiyatlarimizni bajarishimiz hamda ularga amal qilishimiz, zarurat bo‘lganda esa atrofdagilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishimiz ham qarz ham farzdir.

Uchqun SAMANDAROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi katta mutaxassisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.