Soliqlar nimalarga ishlatiladi?

Soliqlar nimalarga ishlatiladi?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda foydalanilishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy. Avvalo, mamlakat byudjetini shakllantirishda soliqlar muhim o‘rin tutadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, soliq tizimi byudjetning qon tomiridir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, biz to‘laydigan soliqlar o‘zimizga qaytib keladi. Endi ushbu masalani biroz atroflicha tahlil qilsak. Birgina, buni mol-mulk va yer solig‘i misolida ko‘rib chiqamiz. Uy-joy va hovliga ega fuqarolar yer hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydi. Aynan mazkur soliq turlari bevosita mahalliy byudjetga kelib tushadi. Demak, shaharu tumanlarimizning obodligi, yanada ko‘rkam qiyofaga kirishi, yangi ijtimoiy soha ob’ektlarining bunyod etilishi, ko‘chalarimizning ravon bo‘lishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadigan soliqlar bilan bog‘liqligini alohida qayd etish lozim.

Umuman, soliqlar nimalarga sarflanadi? Soliqlar byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi, farzandlarimizning emin-erkin maktabda tahsil olishi, bog‘chalarda tarbiyalanayotgan farzandlarimiz tarbiyasi, kasalxonalarda bepul davolanish, chegaralarimizning daxlsizligini ta’minlash, tinchlik posbonlari, armiyamizning xarajatlariga sarflanadi. Bundan tashqari,  pensionerlarning pensiyalari, talabalarning stipendiyalari, kam ta’minlanganlik, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ham bevosita to‘lanadigan soliqlardan shakllantirilishini ta’kidlash lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun mablag‘lar ham soliqlar natijasida to‘planadi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!