Soliq qo‘mitasining boshqa xodimlarida ham koronavirus aniqlandimi?

Soliq qo‘mitasining boshqa xodimlarida ham koronavirus aniqlandimi?

Xabaringiz bor, oldinroq Davlat Soliq xizmati tizimida ishlovchi xodimlarda koronavirus aniqlangandi.

DSQ Matbuot xizmatiga ko‘ra, shu munosabat bilan 2020 yil 23 may kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19 ga test tahlillari olindi. 

Test tahlili natijalariga ko‘ra, bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmadi. 

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi. 

E’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiramiz. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!