Soliq inspeksiyasi boshlig‘i katta jinoiy guruh tuzgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Soliq inspeksiyasi boshlig‘i katta jinoiy guruh tuzgani ma’lum bo‘ldi

Ma’lumki, joriy yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor shaklidagi idoralararo yig‘ilish o‘tkazilgandi. Unda N.Yo‘ldoshev Dang‘ara tuman davlat soliq inspeksiyasining sobiq boshlig‘i G‘anisher Yangiboyev(ism-shariflari o‘zgartirilgan)ning uyushgan jinoiy guruhga bosh bo‘lganini alohida tilga oldi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, G‘.Yangiboyev qaysi xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortildi?

Tergov va sud jarayonida aniqlanishicha, G‘anisher 2018 yil 21 dekabrda Dang‘ara tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. Tayinlanadi-yu, bor-yo‘g‘i 3 oygina risoladagidek ishlaydi xolos. Bu orada muqaddam g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun soliq organlaridan ishdan bo‘shatilgan Farruh Sheraliyevni inspeksiyaning kameral nazorat sho‘’basi boshlig‘i lavozimiga va Bexzod Mahmudovni sho‘’ba inspektori vazifasiga qaytadan ishga qabul qiladi. Keyin ular bilan xufiyona iqtisodiyot hamda pullarni naqdlashtirish faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan jinoiy til biriktiradi.

Qolaversa, mazkur jinoiy guruhga pullarni naqdlashtirishni o‘ziga kasb qilib olgan Doniyor Ro‘zimatov, Abror Jumanov, Isojon To‘raboyev, Saltanat Sharipova, Iskandar Ahmadjonov hamda (jinoyat ishining ularga nisbatan qismi alohida ish yurituvga ajratilgan) Eldor Oqilov va Shamsiddin Qulmatovlarni jalb qilishadi. So‘ngra G‘.Yangiboyev jinoiy guruhga rahbarlik qilib, Bexzod Mahmudov va Farruh Sheraliyevlarga davlat xizmatlari markazlari orqali o‘zlarining tanishlari nomiga xufyona iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil qilish xususida topshiriq beradi. Shu bois “uddaburon” soliqchilar yeng shimarib ishga kirishishadi. Ya’ni, 2019 yil 1 aprel kuni Surxondaryo viloyati, Termiz tuman davlat xizmatlari markazidan “Diyor Saxovat Ziyo” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat ro‘yxatdan o‘tkazib, unga jinoiy sheriklari Doniyor Ro‘zimatovni rahbar etib tayinlashadi. Ammo jamiyatning barcha savdo va vositachilik faoliyatiga o‘zlari rahbarlik qilishadi. Shu bilan birga, aksiyadorik tijorat “Halq banki”ning Toshkent viloyati filiali va “Davrbank”ning Toshkent shahar Uchtepa tuman filialida jamiyat hisob raqamlarini ochishadi. Keyin aprel-sentyabr oylari davomida pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olingan 1 milliard 20 million so‘mlik yuqori likvidli va xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, savdodan tushgan naqd pullarni nazorat kassa mashinasiga kirim qilmasdan, bank muassasasiga topshirmasdan boshqa maqsadlarda ishlatib yuborishadi. Natijada ana shu 6 oylik hisobotlarda tovar aylanmasi hajmini qasddan kamaytirib ko‘rsatib, 272.266.000 so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlashgan.

Shundan keyin – 2019 yil 13 iyun kuni jinoiy guruh rahbari Rishton tuman davlat xizmatlari markazidan Iskandar Ahmadjonov nomiga “High Flight Trading Industry” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. So‘ngra iyun-dekabr oylari mobaynida pul o‘tkazish orqali xarid qilingan 4 milliard 320 million so‘mlik yuqori likvidli va xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, pullarni nazorat kassa mashinasiga kirim qilmay va bank muassasasiga topshirmay, shaxsiy maqsadlari yo‘lida sarflaydi. Oqibatda DSIga topshirilgan hisobotlarda savdo hajmini kamaytirib ko‘rsatib, 391 million so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini qasddan to‘lamaydi.

Buni qarangki, vaqt o‘tgan sari jinoiy guruhning safi yanada kengayib ketadi. Aniqrog‘i, guruhga Ahadjon Homidov, Dilshod O‘rmonov, Abdurashid Hoshimov, Samariddin Izzatillayev, Hikmatillo Qodirov va Sodiqjon Rahmatovlar ham qo‘shilishadi. Shunga yarasha to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlanayotgan soliqlar miqdori ham ortib boradi. Ayniqsa, Isojon To‘raboyev bu borada jonbzlik ko‘rsatib, pochchasi J.Inog‘omov va uzoq qarindoshi U.Naimovlarni ham jinoiy qilmishlariga sherik qiladi. Jumladan, 2019 yil 2 dekabr kuni Dang‘ara tumani davlat xizmatlari markazidan U.Naimov rahbarligida tashkil etilgan “Making Help” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishadi. Biroq boshqa sub’ektlar qatori ayni jamiyat faoliyatiga ham o‘zlari rahbarlik qilishadi. Eng e’tiborlisi, hisobotlarda dekabr oyidagi tovar aylanmasi xajmini 41 millialrd 338 million so‘mga kamaytirib ko‘rsatib, 3 milliard 397 million so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashgan.

Bundan tashqari, G‘anisher Yangiboyev “Abdurashid Omad Baraka”, “Innovatsion Ideal Trade”, “Caravan Real Star”, “Concernment” va “Enterprize Gold” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining rasmiy va norasmiy rahbarlari bilan jinoiy til biriktirib, mazkur jamiyatlarning jami 2 milliard 737 million 400 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzini to‘lamaslik uchun Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan “Abdurashid Omad Baraka” MCHJ ta’sischilarining 2019 yil 18 dekabrdagi 1-sonli qo‘shma umumiy yig‘ilish qarorini qalbakilashtirgan. Natijada 2019 yil 20 dekabr kuni yuqoridagi jamiyatlarni “Abdurashid Omad Baraka” MCHJga birlashishiga erishgan. Lekin inspeksiya boshlig‘i bu bilan qanoatlanmay, sodir etgan jinoiy qilmishlarini xaspo‘shlash va yashirish maqsadida “Permit”, “Sales Trusted Business” hamda “High Flight Trading Industry” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini anchadan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan va to‘lovga qobiliyatsiz holga kelgan “Constand Trade Progress” MCHJga birlashtirib yuborgan. Keyinchalik – Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 10 martdagi hal qiluv qaroriga asosan esa ushbu jamiyatni bankrot deb e’tirof etilishiga erishgan. Bu harakati bilan u Dang‘ara tuman DSI manfaatlariga 2.139.336.000 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Qolaversa, tuman soliqchilari yetakchisi o‘z jinoyatlari izlarini yo‘qotishga tushadi. Aniqrog‘i, 2019 yil 19 dekabrdan 2020 yil 12 mayga qadar “Diyor Saxovat Ziyo”, “Cristall Centr” “Comfort Life City” ma’suliyati cheklangan jamiyatlarini Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlariga, “Karavan Gold Silk” MCHJni Jizzax viloyati SH.Rashidov tumaniga, “Blessed Inter Trade” MCHJni Xorazm viloyati Shovot tumaniga, “Reliable Trade Centr” MCHJni Qo‘ng‘irot tumaniga va “Sales Trusted Business” MCHJni Nukus shahriga, undan  Dang‘ara tumaniga, u yerdan esa Sho‘rchi tumani hamda Kogon tumaniga, “Premium Samama”, “Sindikat Star” va “Answer Life” MCHJni Samarqand shahri hamda Qo‘shrabot tumaniga, “Making Help” MCHJni Sarosiyo tumaniga, “Vita Prog Systems” MCHJni Jondor tumaniga, “High Flight Trading Industry” MCHJni Rishton tumanidan Dang‘ara tumaniga, keyin Pskent tumaniga ko‘chirtirib yuboradi. Bu ham yetmagandek, G‘anisher Yangiboyev qo‘l ostidagi 4 nafar inspektorga o‘ziga qarashli mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hisob raqamini to‘xtatish va ularda kameral nazorat o‘tkazish choralarini kechiktirib turish haqida noqonuniy topshiriq beradi. Oqibatda ana shu jamiyatlar tomonidan jami 6 milliard 821 million so‘mlik yagona soliq va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmasdan hamda undirilmasdan qolinishiga shart-sharoit yaratib bergan.

Mana shu tariqa inspeksiya boshlig‘i rahbarligidagi jinoiy guruh 2019 yil 1 apreldan 2020 yil 1 iyunga qadar 22 ta soxta firmalar orqali 268 milliard so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 19 milliard so‘m miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan. Pirovardida G‘.Yangiboyev va jinoiy guruhning 14 nafar a’zolariga Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan esa aybdorlarga qonuniy jazolar tayinlandi. Qolaversa, sud hukmida ular tomonidan davlat byudjetiga yetkazilgan zararlar Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasiga undirilishi belgilandi. Sudlanuvchilarning jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudiga yozgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Shuni alohida ta’kilash lozimki, davlat byudjeti daromadlarining salmoqli qismi soliqlar va majburiy to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Endi o‘zingiz o‘ylang: xizmat vazifasi jismoniy va yuridik shaxslardan soliq hamda majburiy to‘lovlarni davlat byudjetiga undirish, shu orqali davlat manfaatlarini himoyalashi shart bo‘lgan tuman davlat soliq inspeksiyasining boshlig‘i ham davlatga, ham kasbiga xiyonat qilganini qanday tushunish mumkin? Birgina uning jinoyatlari hamyurtlarimizning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmaydimi?

Afsuski, bu savollarga javob salbiy ekanligi tayin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.