Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri mezbonlik qilgan va Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda — 13 nafar bokschi bilan ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa reytingida kuchli uchlikdan joy oldi.
Turnirda −60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Abdumalik Halokov final jangida rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan bellashdi va hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berdi. Biroq jang davomida Shumkov tomonidan Halokovning qulog‘i tishlab olingani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunovning ma’lum qilishicha, Abdumalik Halokov mazkur holat bo‘yicha na jang vaqtida, na jangdan so‘ng murabbiylar, hakamlar yoki rasmiy shaxslarga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Amaldagi boks reglamentiga ko‘ra, raqibga nisbatan bunday qo‘pol qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda aybdor bokschi diskvalifikasiya qilinadi va g‘alaba jabrlangan sportchiga beriladi.
“Daryo” manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston boks federasiyasi ushbu holat yuzasidan Xalqaro boks assosiasiyasiga rasmiy apellyasiya kiritishni rejalashtirmoqda. Agar IBA mazkur epizodni qoida buzilishi sifatida baholasa, Abdumalik Halokov uchinchi bor Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2024 yil dekabr oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Havasbek Asadullayev qo‘pol qoidabuzarlik sabab diskvalifikasiya qilingan edi. U final jangida raqibining yelkasini tishlab olgani uchun g‘alaba Qozog‘iston vakili Ablayxan Jusupovga berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Dubaydagi Jahon chempionatida rossiyalik bokschilar 7 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan Qozog‘iston terma jamoasi ikkinchi pog‘onadan joy oldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.