Sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmagan shaxs oqlandi

Sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmagan shaxs oqlandi

2019 yil 27 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining sudyasi U.Bakdurdiyev raisligida o‘tkazilgan apellyasiya sudlov hay’ati sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi, ya’ni qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlikda ayblangan Islom (ismi o‘zgartirilgan)ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi xabar bermoqda.

Islomga qo‘yilgan ayblovga ko‘ra, Islom o‘g‘li Bekzod bilan birga 2018 yil 20 iyul kuni yashash uyi oldida qo‘shnisi Elyor bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida uning yuz sohasiga qo‘li va g‘isht bilan, ensa sohasiga yog‘och bo‘lagi bilan qasddan urib shikast yetkazganlikda ayblangan. O‘tkazilgan ochiq sud majlisida jinoyat ishida mavjud hujjatlar va dalillar sinchikovlik bilan tekshirilib, janjal guvohi bo‘lgan shaxslar so‘roq qilinganda, Islomning sodir etilgan jinoyatga daxli yo‘qligi aniqlandi.

Apellyasiya sudlov hay’ati Islomni aybsiz deb topib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 2,3-bandlariga asosan oqlov hukmi chiqardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!