Sobiq shifokorning birgina xatosi 3 yoshli qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi

A A A
Sobiq shifokorning birgina xatosi 3 yoshli qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Kim ham adashmaydi, deysiz. Hattoki, inson salomatligi va hayotiga javobgar kasb egalari — shifokorlar ham ba’zida adashishiga guvoh bo‘lamiz. Aslida bu kasb egalarining xato qilishga haqqi yo‘q! Birgina noto‘g‘ri tashxis yoki muolaja bilan bemorning hayotiga nuqta qo‘yib qo‘yishlari hech gapmas. So‘nggi pushaymon, bir umrlik vijdon azobi va tajribasizlik, kasbiga sovuqqonlikning qurboni bo‘lgan bemorning yaqinlari hayotidagi bo‘shliq o‘rnini esa hech kim va hech nima to‘ldira olmaydi...

3 yoshli qizaloqning tana harorati 37 S dan oshgani bois uyidagilari tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishadi. Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot bo‘limi ixtiyoridagi qishloq oilaviy poliklinikasining 61 yoshli terapevti chaqiruv tushgan xonadonga yetib boradi. Shifokor borguniga qadar, bemor qizaloqning tana harorati 36,9 S ga tushib bo‘lgandi. Shunga qaramay, shifokor unga “No-shpa” 0,5 ml., “Dimedrol” 0,5 ml. va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mushak ostiga qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan 2 foizli “Lidokain” 0,5 ml. eritmasidan foydalangan holda muolaja o‘tkazadi. Vaholanki, bemorning buvisi dori berishganidan so‘ng nabirasining tana harorati pasaygani, unga ukol qilish shart emasligini aytgan. Shifokor “Ukoldan so‘ng kechasi bezovtalanmay, yaxshi uxlaydi”, deya so‘zida qat’iy turgan. Hatto bemorning yaqinlari shifokorga “Odatda 2 foizli “Lidokain” 0,5 ml. dorisini stomatologlar kuchli og‘riqni qoldirish maqsadida foydalanishadi-ku?! “Analgin” va “Dimedrol”dan foydalansangizchi?” ham deyishgan. Biroq shifokor ushbu dorilar ularda yo‘qligini aytgan. Shifokor xato ustiga yana bir xato qiladi. Aniqrog‘i, muolaja ta’sirini kutmay, xonadonni tark etadi. Oqibatda bolada anafilaktik shok holati kuzatiladi. Natijada terapevt uning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Qiziq, shifokorning bu boradagi haqiqatlari qanday ekan?

        "12 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALARGA FOYDALANISh MUMKIN EMASLIGINI BILMAGANDIM"

Sudda sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan...

  — Bemorning harorati 36,9 S bo‘lgani sababli, tanasini qaynatib sovitilgan suv bilan artdim. So‘ng haqiqatdan hamshiraga “No-shpa”, “Dimedrol” va “Lidokain” eritmasini qizning yonboshidan jo‘natishga ko‘rsatma berdim. Chaqiruvlar ko‘p bo‘lgani bois bemorning yaqinlariga “Agar yana bezovtalik sezilsa chaqiringlar”, deya xonadondan chiqib ketdik. Oradan biroz vaqt o‘tib, o‘sha uyga qayta chaqiruv bo‘ldi. Borganimizda bolani qo‘shnisining mashinasida shifoxonaga olib bormoqchi bo‘lib turishgan ekan. Ular gapimga ko‘ra, bolani uyga olib kirishdi. Hamshiraga “Magniya sulfat”, “Firosemid”, “Prednizolon”, “Mezaton” ukollarini bemorning yonboshidan jo‘natishiga ko‘rsatma berdim. Lekin qizaloqning sog‘lig‘i yaxshilanmagani uchun uni tez yordam mashinasiga chiqarib, tilini shpatel yordamida bosib olib ketdik. U yerda bemorga “Magniya sulfat”, “Prednizolon”, “Mezaton” ukollarini yonboshdan jo‘natdik. Shunda ham holati yaxshilanmagani bois tuman tibbiyot bo‘limiga olib ketildi. Yo‘lda ketishayotganida bemorda biologik o‘lim holati kuzatilgan. Shifoxonaga olib kirishganida shifokorlar bolani vafot etganini aytishgan. “Lidokain” eritmasini 12 yoshga to‘lmagan bolalarga foydalanish mumkin emasligini bilmagandim. “Gomk” va “Sibazon” dorilari yonimda bo‘lmagani sababli og‘riqsizlantirish maqsadida “Lidokain” dorisidan foydalangandim. Aslida tana haroratini ukol qilmay ham tushirish imkoniyati bor edi. Sovuqqonligim uchun ushbu holat yuz berdi. Marhumning oila a’zolaridan kechirim so‘rayman. Qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Xatomni tushunib yetdim, qaytib bu holat takrorlanmaydi.

Sultonmaqsud XOLBATIROV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi raisi:

— Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi (JK)ning 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sudlanuvchiga JKning 116-moddasi 3-qismi bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 3 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Bugungi pandemiya davrida ko‘ryapmizki, tibbiyot xodimlari qanday jonbozlik ko‘rsatishyapti, oilasi va farzandlari bilan uzoq vaqt ko‘rishmasdan, qilgan qasamayodiga sodiq qolgan holda koronavirusga chalinganlar hayoti uchun kechayu-kunduz jonini fido qilib ishlashyapti. Bunday tibbiyotchilarga harqancha ta’zim qilsang kam. Ammo afsuski hamma sohada bo‘lganidek, tibbiyot sohasida ham ushbu bir jinoiy qilmish tafsilotida keltirilgani kabi kasb mas’uliyatini to‘liq anglamaganlar ham topiladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.