Siz sevgan san’atkor haqida siz qiziqqan ma’lumotlar (video)

Siz sevgan san’atkor haqida siz qiziqqan ma’lumotlar (video)

Iste’dodli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev 1982 yilning 29 yanvarida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Hali bog‘chaga borib yurgan payitlaridanoq bog‘chadagi musiqa guruhining sardori bo‘lgan. 1989 yil Toshkent shahrining Yunusobot tumanidagi 265-o‘rta maktabda tahsil olishni boshlaydi.

3-sinfdan esa Nazarbek tumanidagi maktablarning birida o‘qishni davom ettiradi. O‘quvchilik paytlaridanoq musiqaga qattiq mehr qo‘yadi va musiqa darslaridan hamisha a’lo baholar oladi. Xonanda 1999 yil Sharqshunoslik institutining tarix fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi.

Ulug‘bekning birinchi qo‘shig‘i 2000 yil yaratilgan bo‘lib, qo‘shiq nomi «Bu alam» deb nomlangan. Shundan so‘ng ko‘plab qo‘shiq va albomlarini muxlislar e’tiboriga havola etib kelmoqda. Xonanda 2007 yil «Nihol» mukofoti sovrindori, va yana xuddi shu yili «Yilning eng yaxshi xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi nominasiyasi g‘olibi bo‘lgan.

«E’tirof 2014» da «Yilning eng yaxshi xonandasi» nominasiyasini qo‘lga kiritadi. Xozirda ijodkor o‘z muxlislariga yangidan-yangi qo‘shiq va kliplar yaratish bilan band.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!