Siz jihodning nimaligini bilasizmi?

Siz jihodning nimaligini bilasizmi?

SAVOL:

Yutub tarmog‘idagi bir videorolikda qandaydir vo’iz butun dunyo musulmonlarini Suriya davlatiga jihodga da’vat qilganiga guvoh bo‘ldim. Uning aytishicha, xozir Yer yuzidagi barcha musulmonlar Suriyaga jihodga borishlari farzi ayn ekan. Uning bu chaqirig‘i to‘g‘rimi, umuman islomda farz jihod qanday bo‘ladi, shu haqida ma’lumot bersangiz.

JAVOB:

Avvalo bu mavzuda biror fikrga kelishdan oldin bizga savol bilan murojaat qilganingiz uchun tashakkur. Bu ham Allohning bir karami bo‘libdi. Sizga javob yozish bilan ko‘pchilikka bu haqda foydali ma’lumot beriladi, inshaalloh.

Darhaqiqat, ijtimoiy tarmoqlarda yaqin sharq hududlariga jihod uchun atrofdan musulmonlarni jalb qilish harakatlari kuzatilmoqda. Bunga biz ham guvohmiz. Umumiy qilib aytganda o‘sha da’vatchilarning hammasi aslida jihod mavzusida avomni aldab kelishmoqda. Ularga ishonganlar esa aldanmoqda. Nega deysizmi?

Birinchidan, jihod islomda usuli din emas balki, furu’i din masalalaridan bo‘lib, uning fiqhiy istilohiy ma’nosi: Orada “urush qilmaslik” bitimi bo‘lmagan ikki — kofir va islomiy davlatning bir biri bilan, islomiy davlat tarafdan dastlab tinch yo‘l bilan islomga kirish da’vati amalga oshirilgach va unga kofir davlat tarafdan rad javobi berilgach, ularga qarshi Allohning so‘zini oliy qilish maqsadida harbiy urush qilishiga aytiladi. (Qarang: Fath al-qadir 4/277, Al-Fatava al-hindiya 2/188, al-Xirashiy 2/107, Javohir al-iklil 1/250, Sharh az-Zarqoniy alal-Muvatto 2/287, Hoshiyatush Sharqoviy 3/193, Hoshiyat al-Bojuriy 2/268).

Mana shu ta’rif butun islom ulamolarining jumhuri, xususan to‘rt mo‘’tabar fiqhiy mazhab fuqaholari tarafdan bir xil e’tirof etilgan ta’rifdir. Bunga ko‘ra, biror islomiy davlat orada hech qanday tinchlik bitimi tuzilmagan boshqa bir kofir davlatga tinch yo‘l bilan islomga da’vat qilib elchi yuboradi. Agar ular elchilarga rad javobi bersa, ular yashab turgan Yerlarda ham Allohning so‘zini oliy qilish uchun harbiy yurishga kirishiladi. Sahobalarning davrida jihod xuddi shu tarzda amalga oshirilar edi. Agar shu tar’rifda belgilangan birorta qayd voqelikda topilmasa, bu harbiy harakat shar’an jihod bo‘la olmaydi. Unda qatnashganlar mujohidlik maqomiga erisha olmaydi, unda qatnashib o‘lganlar shahidlik maqomida ketmaydi.

Endi yaqin sharqqa, xususan, siz savolda tilga olgan Suriya davlatiga e’tibor qaratamiz: Suriyada shu ta’rifda belgilangan shartlarning birortasi topiladimi? Yo‘q! Bittasi ham topilmaydi. Chunki Suriyada asosan musulmonlar bilan musulmonlar urush boshlashdi. Hukumat ham, unga qarshi chiqqan jangari to‘dalar ham hammasi “la ilaha illalloh” deydigan musulmonlar emasmidi?! Musulmon bilan musulmonning urushi “jihod” deb aytilarkanmi?! Aslo! O‘sha voiz “Suriyada jihod bo‘lyapti” deb aytgan gapida Allohdan uyalmasdan musulmonlarni aldayapti. Jihod va unga doir shar’iy hukmlarni bilmaydiganlar esa uning yolg‘onlariga laqqa tushyapti.

Ikkinchidan, shuni aniqlashtirib olish kerak: o‘zi islomda jihodning hukmi nima? Farazan biror hududda shariat talablariga javob beradigan jihod amaliyoti topilsa, unga borib qatnashishning hukmi nima? Ahli sunna val-jamoa ulamolarining aksarini tashkil qiluvchi jumhurning qavliga ko‘ra, mabodo shar’iy jihod topilgan taqdirda, unga borib qatnashish farzi kifoya hukmida bo‘ladi. Ya’ni, ma’lum askarlar harbiy safarga otlansa, boshqalardan farzlik soqit bo‘ladi. hammaning yoppa borishi shart emas. (Qarang: al-Mavsu’a al-fiqhiya 16/129)

Yana Suriyaga qaytamiz: u yerda shar’iy talabga javob beradigan jihod yo‘qligi kundek ravshan bo‘lsada, mayli haqqoniy jihod bo‘lyapti deb faraz qilaylik, unga borib qatnashish Yer yuzidagi barcha musulmonlarga farz bo‘ldi deb jar solayotgan jarchi, baribir musulmonlarni aldayotgan bo‘lib chiqadi.

Uchinchidan, jihodning hukmi qachon farzi ayn bo‘ladi? Quyidagi holatlarda jihod kifoya darajasidan farzi ayn darajasiga ko‘tariladi:

1-) Jang maydonida har ikki tomon — islom va kufr lashkari uchrashib, qarama-qarshi saf tortgan chog‘da;

2-) Dushman to‘satdan bostirib kelgan chog‘da;

3-) Davlat rahbari biror dushman kofir qavmdan xavfsirab, yoppasiga harbiy chaqiriq e’lon qilganda. (Qarang: al-Mavsu’a al-fiqhiya 16/132)

Suriyaga chorlab jar solayotganlar “Suriyada jihod farzi ayn” deb lof urishyapti. Va holbuki jihodning farzi ayn bo‘lishi uchun belgilangan shartlarning birortasi unda mavjud emas.

To‘rtinchidan, shar’iy jihodni kim tashkillashtiradi o‘zi? To‘g‘ri kelgan odam ro‘parasidan chiqqan odamni jihodga chaqirib harbiy amaliyot boshlayveradimi, yoki boshqacha shar’iy tartibi bormi? Buni ham yaxshi bilib olishimiz kerak. Shar’iy talab darajasidagi jihodni oddiy fuqarolar emas, balki sulton, davlat rahbarlari tashkillashtiradi. Davlat tomondan harbiy safarbarlik e’lon qilingandagina fuqarolarga unga itoat etib harbiy amaliyotlarda qatnashish farz bo‘ladi. Odiiy fuqaro yo qandaydir to‘daboshining tashabbusi bilan shar’iy jihod tashkil etilmaydi. (Qarang: Hoshiyatu Dasuqiy 2/175, Javohir al-iklil 1/252, al-Mug‘niy 8/352, al-Mahalliy 7/291).

Beshinchidan, shariat talabiga mos keladigan jihod tashkillashtirilgan taqdirda, unga to‘g‘ri ketilaveradimi yoki shartlari bormi? Buni ham bilish kerak. Shariat talabiga mos keladigan jihodga borish uchun quyidagi shartlar kerak:

A) Ota-onaning izni. Modomiki ular musulmon bo‘lsa. Ota-onaning ruxsatisiz jihodga borish joiz bo‘lmaydi. Chunki Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xuzuriga kelib jihodda qatnashishga ruxsat so‘raydi. Rasululloh undan “ota-onang tirikmi?” deb so‘raydi. U: “ha”, deb javob beradi. Rasululloh: “ikkovining xizmatini qilib jihod qil” deydilar. Ya’ni, senga ota-onang ruxsatisiz jihodga borish joiz emas. Bu hadis dalolatiga ko‘ra, ota-onaning xizmati jihoddan oldinda turadi.

Mantiqan olib qaralganda ham jihod farzi kifoya. Siz bormasangiz, o‘rningizga boshqa kimdir borib jang qiladi va shu bilan sizdan farz soqit bo‘ladi. Ota-ona xizmati esa farzand uchun farzi ayn. Siz xizmatlarini qilmasangiz qo‘shningizga yo oshnangizga sizning ota-onangizga xizmat qilish farz bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tarixda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning oldiga bir odam kelib: “men Rumga jihod uchun borishga nazr qildim lekin, ota-onam man etishyapti?” – deb aytganda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu unga: “ota-onangga itoat qil, Rum sendan boshqa jihodchilarni topib oladi” – deb keskin javob bergan. Bunga o‘xshash voqealar Umar va Usmon roziyallohu anhuma xalifalik davrlarida ham bo‘lgan. Sufyoni Savriy, imom Avza’iy va salaflar davridagi boshqa ahli ilmlar “Ota-onaning roziligi jihod uchun shartdir”, deb fatvo berganlar (Qarang: Hoshiyatu ibn Obidin 3/220, Javohir al-iklil 1/252, Hoshiyatu Dasuqiy 2/175-176, al-Muhazzab 2/229, Nihoyat ul-muhtaj 8/57, al-Mug‘niy 8/358, al-Mahalliy 7/292).

B) Ota-ona dastlab farzandining jihodga borishiga izn bersa va keyin fikri o‘zgarib ruxsatidan qaytishsa, farzand jang maydonini tashlab ota-onasining xuzuriga qaytib kelishi vojib bo‘ladi. (Qarang: Ravzatut-tolibin 10/212, Nihoyat ul-muhtaj 8/58, al-Muhazzab 2/229, al-Mug‘niy 8/359).

V) Haqdorning izni. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning xuzuriga bir sahoba kelib so‘raydi: “Ey Allohning Rasuli, nima deysiz, agar men Allohning yo‘lida qatl qilinsam gunohlarim kechiriladimi?” Rasululloh: “ha, agar maydonda sabr bilan dushmanga yuzma yuz tursang, orqa qilib qochmasang va shu tarzda qatl qilinsang, gunohlaring kechiriladi. Lekin qarzlaring emas. Chunki menga Jabroil shunday degan” – deydilar. (Imom Muslim rivoyati)

Bo‘ynida qarzi bor odam haqdorning iznisiz jihodga bora olmaydi. Jumhur fuqaholar shunday degan. Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, hatto haqdor izn bergan taqdirda ham, qarzdor jihodga bormasdan qarzini uzish uchun uyda qolishi mustahab deyilgan. (Qarang: Hoshiyatu ibn Obidin 3/221, Hoshiyatu Dasuqiy 2/175, Javohir al-iklil 1/252 ).

G) Shar’iy jihodga borib tom ma’noda mujohid bo‘lish uchun yana bir shart, davlat rahbarining ruxsati bo‘lishi kerak. (Qarang: al-Mavsu’a al-fiqhiya 16/136). Davlat ruxsat bermasa shar’iy jihod bo‘la olmaydi.

Xulosa qilib aytganda jihod shar’iy jihod bo‘lishi uchun, unda qatnashganlar jihodning fazliga erishib, mujohidlik maqomiga yetishi uchun, o‘lganlar esa shahidlik darajasini qo‘lga kiritib so‘roqsiz jannatga kirishi uchun Islom shariati belgilab qo‘ygan talabga mos shartlar topilishi kerak. Agar shartlar topilmasa, u hech qanday jihod bo‘la olmaydi. Balki, Islomda harom qilingan urush bo‘ladi. Bunda ishtirok etganlar Allohning shariatiga qarshi chiqqan shayton askarlari qatorida bo‘ladi. Unda o‘ldirganlar qotil, o‘lganlar esa gunoh uzra jon bergan bog‘iylar bo‘ladi.

Biz sizga shuni maslahat berardikki, yana shunga o‘xshash videoroliklarga ko‘zingiz tushganda undagi voizlarning jim-jimador da’vatlariga ishonib qolishga shoshilmang. Biror ilm ahlidan bu haqda batafsil ma’lumot so‘rang. Haqiqatni bilganingizdan keyin esa o‘sha video ostida internetga joylaganlarga qarata: “siz jihodning nimaligini bilasizmi o‘zi?” deb savol qoldiring.

Botirjon TOJIBOYEV

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

"Real"dan ketishi aniq bo‘lgan 3 nafar futbolchi kimligi ma’lum

Бу ҳақда AS нашри хабар берди.

"Real" yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladi!

Мадриднинг "Реал" клуби мавсум якунида Карло Анчелоттини ишдан бўшатиш бўйича якуний қарорга келди.

Vinisius va Mbappe «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida nimalar deyishgani ma’lum bo‘ldi

«Арсенал»га қарши Чемпионлар Лигаси 1/4 финалидаги йирик мағлубиятдан (0:3) сўнг «Реал» кийиниш хонасида қандай гаплар янграгани маълум бўлди.

Tayvanlik ovchi qariyb 90 ming dollarlik baliq tutdi

Тайванлик балиқчининг қармоғига улкан тунец илинди, деб хабар берди Need To Know.

Xitoyda 50 kg.dan yengilroq odamlarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Nega?

Қайд этилишича, Шимолий Хитойда тезлиги 150 км/соатга етадиган бўрон кузатилмоқда.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Jangarilar qurollarini topshirdi

Сурия хавфсизлик кучларининг махсус бўлинмалари Дамашқдаги ўтиш даври ҳукуматига бўйсунмаган гуруҳларнинг таянчи ҳисобланган жанубий Дераа вилоятининг тўртта тумани устидан назоратни ўрнатди.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

Ronaldu dubl qayd etgan o‘yindan so‘ng yangi post qoldirdi

"Биз буни шундай қиламиз!" - деб ёзди португалиялик ўйиндан кейин ижтимоий тармоқда.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

UYEFA hakam «Arsenal» darvozasiga belgilangan penaltini nega bekor qilganiga izoh berdi

Европа футбол ассоциациялари иттифоқи (УЕФА) «Реал» — «Арсенал» учрашуви бош ҳаками Франсуа Летексье нега 28-дақиқада «канонирлар» дарвозасига томон пенальти белгилаб, кейинчалик уни бекор қилганига изоҳ берди. Ушбу ўйин Мадриддаги «Сантьяго Бернабеу» стадионида бўлиб ўтмоқда. Биринчи бўлимдан сўнг ҳисоб очилмади — 0:0.

Isroil vaziri o‘z qizini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Отаси ва укаларидан бири томонидан жинсий зўравонлик қилганини айтди

Finlyandiya prezidenti Rossiyaga murojaat qildi

Москва худди Киев каби тўлиқ сулҳни қабул қилиши керак , деди Финляндия президенти Александр Стубб . Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ёзган.

Olimlar yana bir sayyorada hayot borligiga dalil topdi

Гап K2-18b экзосайёраси ҳақида кетмоқда.

Mart oyidan beri 500 ming falastinlik qochqinga aylandi

18 март куни Исроил Ғазога ҳужумларини қайта бошлади. Ўшандан бери 500 минг фаластинлик ўз уйларини тарк этишга мажбур бўлди. Бу ҳақда БМТнинг гуманитар масалаларни мувофиқлаштириш бошқармаси маълум қилди, деб ёзади Anadolu.

18 METRLIK GIGANT TINCh OKEANIDA – BU BALIQNI KO‘RGANLAR ISHONMAY QOLDI!

Тинч океанида рекордларни янгилаган ва бутун дунё денгиз биологларининг эътиборини тортган 18 метрлик улкан китсимон акула аниқланди.

Britaniya yangi radio to‘lqinli qurolni sinovdan o‘tkazdi

Қурол юқори частотали радио тўлқинлар орқали дронларнинг ичидаги муҳим электрон қисмларни ишдан чиқаради ёки шикастлайди, бу эса уларнинг қулашига ёки носоз ишлашига олиб келади.

Buxoroda 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

Уни қутқаришга уринган мактаб қоровули вазифасида ишловчи Ф.Ж. ҳам мазкур қудуққа тушиб кетиши сабаб аҳволи оғирлашиб, туман тиббиёт бирлашмасига ётқизилган.

45 kg. kir yuvish kukuni niqobi ostidagi kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolindi

Моддий манфаатдорлик эвазига ушбу шахслар 9 кг оғирликдаги 3 дона “Ariel” кир ювиш кукунини чегара божхона постидан олиб ўтаётган вақтида тўхтатилиб, мазкур товарлар божхона кўригидан ўтказилди.

Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan mashina YTH oqibatida yonib ketdi

Оқибатда машинадаги бир киши ҳалок бўлди

Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilish taqiqini bir yilga uzaytirdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Россия байроғи остида сузувчи ёки бошқа йўл билан Россия Федерацияси билан боғлиқ бўлган кемаларни АҚШ портларига қабул қилиш тақиқини яна бир йилга узайтирди.

Namanganda maktab o‘quvchilari “vinetka“ uchun kortej uyushtirdi

Ижтимоий тармоқларда мактаб ўқувчилари “винетка“ учун кортеж хизматидан фойдалангани акс этган хабарлар тарқалди. Ҳолат юзасидан вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси муносабат билдирди.

AQSh Xitoyga bojlarni 245 foizga oshirish bilan tahdid qildi

Вашингтон хитойлик экспортчилар учун божларни 245 фоизга ошириши мумкин, дея хабар беради Оқ уй веб-сайти.

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Тиме журнали 2025 йилда дунёнинг энг нуфузли 100 кишиси рўйхатини эълон қилди.

Eron yadro quroliga ega bo‘lishga yaqin qolmoqda

МАГАТЕ бош директори Рафаэл Гросси 16 апрель куни Теҳронга ташрифи арафасида Франциянинг Le Monde газетасига берган интервьюсида Эроннинг ядро қуролига эга бўлишдан узоқ эмаслигини маълум қилди.

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi

Ўз ҳаёти хавф остида қолганини англаган С.С. ёрдам сўраб диаспорамиз вакилларига мурожаат қилган.

AQShda ayoldan cho‘chqaning buyragi olib tashlandi

Бунгача АҚШда фақат 4 нафар бемор генетик ўзгартирилган чўчқанинг аъзоси (иккита юрак ва иккита буйрак) билан тажриба тариқасида яшаган.

Polsha Ukrainada pul ishlashni istaydi – Tusk

"Биз ва бутун дунё Украинани тиклашда ёрдам берамиз. Лекин биз энди шунчаки соддалик билан ёрдам бермаймиз. Бошқалар Украинани тиклашда пул ишлаётган вақтда Польша шунчаки ҳамжиҳатлик учун ёрдам бермайди.

Newsweek AQSh Grenlandiyani sotib olish uchun dastlab qancha pul taklif qilishi mumkinligini hisoblab chiqdi

АҚШнинг Гренландияни сотиб олиш бўйича дастлабки таклифи 2,2 миллиард доллар атрофида бўлиши мумкин, деб ёзади Newsweek журнали ўз ҳисоб-китобларига таяниб.

Putin Trampning ustidan kulmoqda

Россия Украина шаҳарларини бомбардимон қилишни бас қилмаётган экан, унга қарши санкцияларни янада кучайтириш керак. Душанба куни Люксембургда учрашган Европа Иттифоқи ташқи ишлар вазирлари ана шундай хулосага келишди.

Shofirkon bozorida talonchilar qo‘lga tushdi

Бухоро вилояти, Шофиркон деҳқон бозори ҳудудидаги телефон савдо дўконида ўғрилик жиноятини содир этганлар қўлга олинди.

Poroshenko Zelenskiyni "hokimiyatni o‘zboshimchalik bilan egallashda" aybladi

Украинанинг собиқ президенти Петр Порошенко амалдаги Украина президенти Владимир Зеленскийни "ҳокимиятни ўзбошимчалик билан эгаллаш"да ва ҳарбий ҳолатдан давлатда "авторитар тузумни мустаҳкамлаш" учун фойдаланишда айблади.

Laboratoriya G‘azodagi amputasiyaga uchragan bolalarga yordam berish uchun qayta ishlangan materiallardan sun’iy oyoq-qo‘llar yasayapti

БМТ маълумотларига кўра, Ғазода ҳозирда замонавий тарихдаги энг кўп ампутацияга учраган болалар гуруҳи истиқомат қилмоқда.

Namanganda 16 yoshli qiz mashina haydab, onasi va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Ҳайдовчининг ўрнига қизи, олд ўриндиққа ўзи ўтирган. Орқа ўриндиқда эса қизнинг онаси ва 10 ёшли синглиси бўлган.

Наманганда 16 ёшли қиз машина ҳайдаб, онаси ва синглисининг ўлимига сабаб бўлди

Ҳайдовчининг ўрнига қизи, олд ўриндиққа ўзи ўтирган. Орқа ўриндиқда эса қизнинг онаси ва 10 ёшли синглиси бўлган.

Расмий муносабат "Воқеа содир бўлган вақтда хонада бошқа шахслар ҳам бўлган..."

2025 йил 13 апрель куни Туркия ОАВ ва ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон фуқароси ўз турмуш ўртоғини иқтисодий муаммолар сабабли ўлдиргани ҳақида хабарлар тарқалди.

Ҳиндистон ва Непалда 100 га яқин киши кучли ёмғир оқибатида ҳалок бўлди

Маҳаллий аҳолига ноқулай об-ҳаво шароитлари давом этиши ҳақида огоҳлантириш берилди.

Ҳиндистонда петарда фабрикасидаги портлашда 8 киши ҳалок бўлди

Жароҳатланганлар яқин атрофдаги шифохонага етказилган.

Россия Украина ҳарбий хизматчилари тўпланган жойга зарба берди

Зарба натижасида 60 дан ортиқ Украина ҳарбий хизматчилари ҳалок бўлган.

Ерга йирик астероид яқинлашмоқда

2011 VG9 астероиди 16 апрель, чоршанба куни Ер ёнидан учиб ўтади, деб хабар беради NASAнинг реактив ҳаракат лабораторияси (JPL).

Олимлар илк бор инсон тишини етиштиришга муваффақ бўлишди

Бу ҳақда хабар берди The Telegraph тадқиқотга таянилган ҳолда.

Бугун Ерга кучли магнит бўрони ёпирилади

Магнит бўронининг авж палласи соат 18:00 дан 20:00 гача тўғри келиши кутилмоқда.

АҚШнинг Ямандаги зарбалари натижасида ўнлаб ҳусийлар ўлдирилди

Бу ҳақда Al Hadath телеканали манбаларга таяниб хабар берди .

Доминикан Республикасида клуб томи қулаши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 231 кишига етди

Бу ҳақда Доминикан Республикаси ички ишлар вазири Фариде Рафул матбуот анжумани чоғида маълум қилди, унинг ёзуви Диарио Либре нашри блогида Х ижтимоий тармоғида эълон қилинди.

Исроил Хамасга вақтинчалик ўт очишни тўхтатишни таклиф қилмоқда

Бу ҳақда Мисрнинг “Ал-Қоҳира ал-Ихбария” телеканали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Канада Европани қайта қуроллантириш жараёнида иштирок этиш ниятида

Бу ҳақда Канада бош вазири Марк Карни Квебек провинциясига ташрифи чоғида журналистларга маълум қилди, унинг чиқиши миллий телеканаллар орқали намойиш этилди .

Трамп: Миллионлаб одамлар уч киши туфайли ҳалок бўлди: биринчиси Путин, иккинчиси...

"Мен Путинга ўт очишни тўхтатиши учун муддат белгилаб бердим".

АҚШнинг Ямандаги зарбалари бир ойдан камроқ вақтда 123 кишининг ҳаётига зомин бўлди

Ҳусийлар назоратидаги Соғлиқни сақлаш вазирлиги араб ва ислом халқларини, шунингдек, инсон ҳуқуқлари ташкилотларини мазкур ҳужумларга қарши норозилик билдириш ва эътироз билдиришга чақирди.

Евро рақсга тушди, доллар эса иккиланяпти — Инвесторлар энди кимга ишонмоқда?

Доллар учун хавф пайдо бўлди — Евро тарихий даражага чиқди!

Путин парадига жавоб: Зеленский 9 май куни Европа Иттифоқи раҳбарларини Киевга таклиф этмоқда

Украина президенти Владимир Зеленский Европа Иттифоқи давлатлари раҳбарларини 9 май куни - Москвада анъанавий равишда ҳарбий парад ўтказиладиган кунда Киевга ташриф буюришга чорлади.

Наманганда келинойиси ва унинг икки нафар вояга етмаган фарзандини ваҳшийларча ўлдирган эркак умрбодга қамалди

Суд ҳукмига кўра, судланувчи М.А. ЖКнинг 97-моддаси 2-қисмининг “а,в,ж” бандларида назарда тутилган жиноятни содир этганликда айбли деб топилди ва унга нисбатан фавқулодда жазо чораси - умрбод озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Хитойда кучли тўфон туфайли "тўқ сариқ" огоҳлантириш эълон қилди​​​​​​​

Довул оқибатида дарахтлар қулаган, автомобиллар ва эски уйларга зарар етган. Мамлакат шимолида темир йўл алоқаси қисман узилган.

Арнасой ва Зарбдорда аёлларга келинлик сарполари олиб берилди

Келинлик сарполари янги ҳаёт бошлаш учун муҳим бўлганлиги сабабли, аёллар ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун судга мурожаат қилишга мажбур бўлишган.

Пенсилванияда губернатор қароргоҳига ўт қўйилди

Ҳодиса содир бўлаётган вақтда губернатор уйда ўз оиласи билан бирга бўлган.