“Singlimning turmush o‘rtog‘ini izlash uchun kimga murojaat qilsak bo‘ladi?”

“Singlimning turmush o‘rtog‘ini izlash uchun kimga murojaat qilsak bo‘ladi?”

— Singlim bir nafar farzandi bilan turmushidan ajrashib, qayta oila qurgandi. Erini g‘alati odati bor, hech kimga aytmay ishlagani qayerlargadir ketib qoladi. Bundan ikki yil oldin ham shunday bo‘lganida yarim yil qidirib, topgandik. Yaqinda yana g‘oyib bo‘ldi. Qayerdan izlashni bilmayapmiz. Bunday vaziyatda qayerga xabar berishni ham bilmaymiz. Bunday vaziyatda qaysi tashkilotga murojaat qilsak bo‘ladi?
Ismi sir tutildi

Xurshid Sodiqov, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi:
— Ma’lumki, 2012 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonunning 4-moddasida Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalaridan biri sifatida bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishni amalga oshirish etib belgilangan.
Qonunning 13-moddasida esa Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishga doir ishlarni tashkil etishi shartligi ko‘rsatilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun esa bedarak yo‘qolgan shaxslar haqida ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Shu sababli bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish uchun bedarak yo‘qolgan shaxsning doimiy yashash joyi bo‘lgan hududdagi IIBga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!