Shveysariya Olimpiada mezbonligi uchun ariza bermoqchi

Shveysariya Olimpiada mezbonligi uchun ariza bermoqchi

Shveysariya 2030 yoki 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazmoqchi.

"Bizda 2030-yillarda qishki Olimpiada va Paralimpiadani o‘tkazish uchun potensial va aholining qo‘llab-quvvatlovi bor", - deyiladi Shveysariya MOQ rasmiy saytida.

Avvalroq, Fransiya va Shvesiya ham 2030 yilgi musobaqani qabul qilmoqchiligi haqida ma’lum qilingandi. 2030 va 2034 yilgi Olimpiya o‘yinlari mezbonlari XOQning 2024 yili Parijda o‘tkaziladigan sessiyasida aniq bo‘ladi.

2026 yilgi qishki Olimpiada esa Italiyada o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!