Shvesiya o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish niyatida emas

Shvesiya o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish niyatida emas

Shvesiya o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish niyatida emas. Bu haqda «BBC news» manbasi xabar berdi.

Shvesiya bosh vaziri Magdalena Andersson dushanba kuni mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish niyatini e’lon qilgan bayonotlari haqida yana bir qancha tafsilotlar ma’lum qilindi.

Anderssonning aytishicha, Shvesiya Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilganidan keyin ham o‘z hududida yadro quroli yoki NATOning doimiy harbiy bazalarini joylashtirish niyatida emas.

Uning ta’kidlashicha, Shvesiyaning NATOga kirishi uchun ariza topshirishning aniq sanasi hali belgilanmagan, chunki Stokgolm uni Finlyandiya bilan birga yuboradi.

Anderssonning aytishicha, Shvesiyaga nisbatan aniq harbiy tahdid hozircha yo‘q, biroq bosh vazirning aytishicha, NATO arizasi topshirilgandan keyin va u ma’qullanmagunga qadar mamlakat ayniqsa zaif bo‘ladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya Shvesiya va Finlyandiya bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi deklarasiyani imzolagan edi, unga ko‘ra London ushbu mamlakatlarga hujumga uchragan taqdirda harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor. Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga ariza berish va alyansga rasman qo‘shilish o‘rtasidagi davrda xavfsizligini ta’minlash uchun aynan zarurdir.

Ayni paytda Norvegiya, Daniya va Islandiya ham qo‘shma bayonot chiqarib, NATOga rasman qo‘shilishdan oldin qo‘shnilariga hujum qilinsa, ularni himoya qilishga va’da berdi.

«Norvegiya Daniya va Islandiya bilan birgalikda Skandinaviyadagi qo‘shnilarimiz NATOga a’zo bo‘lgunga qadar agressiya qurboniga aylangan taqdirda ularga barcha zarur vositalar bilan yordam berishga tayyormiz», dedi Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gahr Styor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!