Shu yil yakunigacha mingdan ortiq mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi

Shu yil yakunigacha mingdan ortiq mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi

Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlarida 2022 yilda 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika, shuningdek, 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilishi belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari oldiga qo‘yilgan eng ustuvor vazifa — tibbiyotni xalqqa yanada yaqinlashtirishdan iborat. Bunga, avvalo, birlamchi tibbiyot tizimini takomillashtirish orqali erishiladi.

❗️Ammo mahallalar kesimida oilaviy shifokor punkti joylashgan masofani inobatga olsak, ayrim hududlar aholisi bu bo‘g‘in xizmatidan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

🚕 Masalan, Dehqonobod tumanining Oqirtma mahallasida 3,5 ming nafar aholi yashaydi. Biroq bu manzildan hudud polikinikasigacha bo‘lgan masofa 46 km.ga teng.

🏥 Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu bois, birlamchi tibbiyot tizimini xalqqa yaqinlashtirish maqsadida joriy yil davomida 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinikani ishga tushirish reja qilingan.

📌 Hozirgacha shundan 76 ta oilaviy shifokor punkti va 20 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu mavjud ehtiyojni to‘liq qoplay olmaydi.

📊 Shundan kelib chiqib, yil yakuniga qadar 1002 ta mahalla tibbiyot punktini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda joylarda 505 ta shunday muassasa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

💉 Mahalla tibbiyot puktlarida oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi tomonidan qon bosimi hamda tana haroratini o‘lchash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, ko‘rsatmaga muvofiq vena va mushak orasiga in’eksiyalar yuborish kabi birlamchi tibbiy xizmat amalga oshiriladi.

🔬 Qolaversa, bu yerda rejaga muvofiq, bolalarda emlash ishlari, aholi orasida keng tarqalgan endokrin kasalliklarining dastlabki skrining tadbirlari amalga oshiriladi.

🩺 Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va to‘shakka mixlanib qolgan bemorlar patronaji, shuningdek, sog‘lom turmush targ‘iboti ushbu muassasalar tomonidan olib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!