Shu rostmi? Qur’ondagi chigirtka balosi O‘zbekiston ustiga ham yog‘ilishi mumkin

A A A
Shu rostmi? Qur’ondagi chigirtka balosi O‘zbekiston ustiga ham yog‘ilishi mumkin

O‘tgan iyul oyida dunyoda kuzatilgan ikkita chigirtka yomg‘iri hammani hayratga soldi. Avval chigirtkalar Las-Vegas ustiga yog‘di. Keyin minglab chaqirim uzoqda, urushlardan sillasi qurigan Yaman ustiga chigirtka yopirildi. Chigirtkalar yo‘lda duch kelgan ekinni yeb bitiradi.

Yaqin kelajakda Afrika, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi jami 60 mamlakat ustiga mo‘r-malax yopirilishi mumkin. Demak, bular orasida O‘zbekiston ham bor, deb yozmoqda "minbar.uz".

O‘zbekiston aksar sahro, cho‘l va chalacho‘l bo‘lib, Afrika va Yaqin Sharqdan chiqqan chigirtkalar sakrab-sakrab to‘siqsiz kelishi mumkin. O‘rtada baland tog‘lar yoki ulkan dengizlar yo‘q.

Eng xavotirli jihati – bu mamlakatlarda chigirtka yomg‘irlari tez-tez ro‘y berishi kutiladi va oziq-ovqat ta’minotini izdan chiqarishi ehtimoli ortib borayotir.

Ochofat mo‘r-malax

Jahonda iqlim isishi qurt-qumursqalar, xususan, chigirtkalarning ovqat hazm qilish xususiyatini o‘zgartirib yuborgan.

2018 yili AQSh olimlari tarafidan Science («Ilm-fan») jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga binoan isiyotgan ob-havo bois chigirtkalar faollashib, jadal ko‘payishlari uchun qulay imkoniyat yaratiladi.

Ayni paytda ularniing ishtahasi ham ochiladi: cho‘l chigirtkasi bir kunda o‘z tanasiga teng miqdorda oziq-ovqat yeydi.

Har bir daraja isigan harorat – chigirtkalar yetkazadigan zarar 10-25 foiz ko‘payadi degani.

Iqlim isib borarkan, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va boshqa ekinlarni yig‘ib olmasdan turib, ularni chigirtkalar yeb bitira boshlaydi.

Ayniqsa, katta miqdorda bug‘doy va sholi ekiladigan mamlakatlar ko‘p aziyat chekishi mumkin.

Nafaqat chigirtkalar, umuman, ekin-tikinni yeydigan boshqa qurt-qumursqalar ham ko‘payishi kutiladi.

Ayniqsa, O‘zbekiston kabi quruq iqlimli, tropik bo‘lmagan mamlakatlarda chigirtkalar tez ko‘payadi.

Ob-havo qancha isisa, chigirtkalar ham shuncha tez ko‘payadi. Boshqa qurt-qumursqalar ham ko‘paysa-da, ammo ekinlarni yeb tugatish bobida hech qaysi chigirtkaga yetmaydi.

Afrikada oxirgi yillari chigirtkalar ikki yarim milliard dollarlik zarar yetkazgan. Dunyo miqyosida olganda, oziq-ovqat ta’minotiga chigirtka yetkazadigan ziyon kichik – atigi 0,02 foiz. Ammo chigirtka balosiga duch kelgan mamlakatda ayni ko‘rsatkich ancha baland bo‘lishi va insoniy yoki iqtisodiy inqirozga yo‘l ochishi ehtimoli yo‘q emas.

«Kelajakda iqlim yanada quruqlashishi chigirtkalar tarqalishi uchun qulay sharoit yaratadi va oqibati yomon bo‘ladi», – deydi chigirtkalar bo‘yicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri Mishel Likok.

«Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda ekin-tikinga, o‘tloqlarga, oziq-ovqat ta’minotiga va, alal oqibatda, kambag‘al insonlarning dasturxoniga yetadigan zarar ulkan bo‘lishi mumkin», – deb ta’kidlaydi olim.

Qadimiy ofat

Chigirtka balosi Injil va Qur’oni karimda ham tasvirlangan. BMT Oziq-ovqat tashkiloti esa cho‘l chigirtkasi ko‘payishi dunyo aholisining 10 foiziga zarar yetkazadi deb xavotirlanmoqda.

Kichkina chigirtka galasi bir kunda 35 ming odam yeydigan oziq-ovqatni yamlamay yutib yuboradi. Chigirtkalar sholi, bug‘doy, arpa va makkajo‘xorini juda yaxshi ko‘radi.

Chigirtkani insoniyat azaldan balo-qazo deb bilgan va qadimiy ilohiy kitoblar – Bibliya va Qur’onda ham eslatilgan.

Qadimiy Rim tarixchisi Plini Elderning yozishicha, chigirtka balosi tufayli Liviya, Jazoir va Tunisda 800 ming odam nobud bo‘lgan.

O‘tgan asr o‘rtasida – 1958 yili esa Efiopiyani bosgan chigirtkalar 167 ming tonna g‘allani yeb bitirgan. Buncha don bir million odamni bir yil boqishga yetardi.

Ochofat chigirtkalar bir necha haftada butun boshlik mamlakatni ochlik yoqasiga keltirib qo‘yishi mumkin.

Baland va uzoq uchayotgan mo‘r-malax

Chigirtkalar metabolizmi iqlim isishi bilan sekinlashib bormoqda. Ob-havo o‘zgarishi tufayli qish faslining iliq va nam kelishi ham chigirtkalarni ko‘paytirayapti.

Cho‘l chigirtkasi galalari bir kunda 150 kilometr masofani uchib o‘tmoqda. Kun qanchalik ko‘p isisa, ularning uchishi bundan ham tezlashadi.

Futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionatiga ham chigirtkalar yetib kelgandi.  Issiq havoda ular balandroq uchadi va tog‘, qir kabi tabiiy to‘siqlardan ham oshib o‘taveradilar.

Agar shamol yo‘nalishi o‘zgarib qolsa, yangidan-yangi hududlarga yetib boradilar. «Iqlim o‘zgarayotgani bois chigirtkalar tez-tez paydo bo‘lib, yanada kattaroq zarar yetkaza boshlashadi», – deydi Arizona universiteti olimi Arianna Siiz.

Nafaqat chigirtka yeydigan sholipoya yoki bug‘doyzorlar xavf ostida qoladi, balki boshqa ekinlarga ham qurt-qumursqa tahdidi kuchayadi. Masalan, paxta ham qurt-qumursqadan aziyat chekadi.

Pokiston allaqachon paxtazorlarini bosgan qurt-qumursqa qarshisida qolmoqda. Paxta – Pokiston chetga sotadigan mahsulotlarning yarmini tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.