Shoygu: Rossiya harbiylari tinch hayot uchun sharoit yaratmoqda

Shoygu: Rossiya harbiylari tinch hayot uchun sharoit yaratmoqda

Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus operasiya davomida ozod qilingan hududlarda tinch hayot o‘rnatish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy batalyonlari tomonidan qattiq vayron qilingan Mariupol shahri nazoratini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng Oliy qo‘mondon barcha boshpanasizlarni uy-joy bilan ta’minlash va buzilgan infratuzilmani tiklash vazifasini qo‘ydi. Harbiy qurilish majmuasi mutaxassislari shaharda kecha-kunduz ish olib bormoqda”, - dedi Shoygu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda uchta turar-joy binosi qurilgan.

“Yil oxirigacha yana to‘qqizta uy qurish rejalashtirilgan”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.

Shoyguning aytishicha, 84 kun ichida Lugansk va Mariupolda “umumiy sig‘imi 260 o‘rinli ikkita ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” qurilgan.

“Ular zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan”, dedi vazir.

Ta’kidlanishicha, Volnovaxada 14 kilometr uzunlikdagi suv o‘tkazgich qurilishi yakunlandi.

“Natijada kuniga 35 ming kub metr suv yetkazib berish ta’minlanadi. Rossiya Qurolli kuchlari ozod qilingan hududlarda tinch hayot o‘rnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda”, - dedi Shoygu.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!