Shomurodov sobiq murabbiyini Italiyaga chaqirmoqda

Shomurodov sobiq murabbiyini Italiyaga chaqirmoqda

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya terma jamoasi va uning bosh murabbiyi Valeriy Karpin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Rossiya terma jamoasi haqida hech narsa deya olmayman. Chunki, bu jamoa bilan biror marta to‘qnash kelmaganman. Qiziqarli o‘yin bo‘lishini kutyapman.

Karpin haqidagi asosiy xotiralarim? Yevropada o‘ynashni boshlagan paytlarimda uning maslahatlari adaptasiya jarayonida menga ko‘mak bergan.

Professionalizm borasida u menga «Rostov»da juda katta yordam bergan. Uning maslahatlari tufayli Yevropada menga oson bo‘lgan.

«Rostov»da taktika ustida ko‘p ishlardik. Shuning uchun Karpin A seriyada ishlay olishi mumkin», – dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bila 17:00da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!