Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti nimalarni muhokama qilishdi?

Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti nimalarni muhokama qilishdi?

Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi.  Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini baholab, uni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. 2018 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sib, 77O million dollardan oshgani, joriy yil yanvardagi kelishuvlardan so‘ng Germaniya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.  

Mamlakatlarimiz xalqaro tuzilmalar doirasida ham yaxshi hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Germaniyaning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Muloqotda tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentlar Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy, investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston-Germaniya maslahatlashuvlari mexanizmining yo‘lga qo‘yilishini ma’qulladilar. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!