Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, umra amallarini bajardi.

Davlatimiz rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.

Ma’lumki, Ka’batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Ka’batullohning ichida namoz o‘qidi.

So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilindi.

Mamlakatimiz delegasiyasi a’zolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar o‘qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!