Shavkat Mirziyoyev hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev hamdardlik yo‘lladi

2004 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon uzoq kasallikdan so‘ng 13 may kuni 73 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bidirdi.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va mamlakat Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga Prezident Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi", - deb yozdi prezident rasmiy matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram-kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!