Shavkat Mirziyoyev: Biz Alisher Usmonovdek vatandoshlarimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev: Biz Alisher Usmonovdek vatandoshlarimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak (video)

Rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari uchun 50 million dollar xayriya qildi. Prezident bu haqda Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Kuni kecha esa O‘zbekiston 24 telekanali orqali bu haqda lavha berildi, deb yozmoqda Daryo .

Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari bo‘yicha Alisher Usmonov menga bir taklif qildilarki, Agar siz ruxsat bersangiz, o‘rtoq Prezident, 50 million dollarni Obod qishloq bo‘yicha Namangan viloyatiga bersam, siz shuni qanday qabul qilasiz? . Men aytdimki, bu pullarni har bir tumanga 20 25 milliard so‘mdan biz tarqatmoqchimiz. Bu pullar, ochig‘ini aytsam, Toshkentga tushdi. Bu va’da emas, naqd pulni yubordi , deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident noyob loyiha sifatida Namangan shahrida Alisher Usmonov nomi bilan xalqaro biznes-markaz va biznes-maktab ochishni taklif qildi.

Biz bunaqa vatandoshlarimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak. Tadbirkorlik deyapmiz. Hamma ham tadbirkor bo‘lavermaydi. O‘qitish kerak, sir-asrorini o‘rgatish kerak. Namanganda tug‘ilib, dunyoga taniqli tadbirkor bo‘lish bu Namangan havosi, Namangan suvi, Namangan xalqining katta ehtiromi va mehnatining natijasi bo‘lsa kerak. Namangan yoshlarini tarbiya qilsangiz, Namangan xalqiga butun umr zamin va esdalik bo‘ladi , deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti

Davlat rahbari, shuningdek, tog‘li Nanay qishlog‘ida sanator-sog‘lomlashtirish majmuasi qurish qarori berilganini ham ma’lum qilgan. Nanayda rekreasion zona tashkil etish haqida Prezident 2018 yil may oyida Namanganga tashrif buyurganida ham gapirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!