Sevastopolda Su-27 samolyotini Rossiyaning o‘zi urib tushirgan — OAV

Sevastopolda Su-27 samolyotini Rossiyaning o‘zi urib tushirgan — OAV

Qrim yarim orolidagi Sevastopol shahri osmonida Su-27 qiruvchisi xatolik tufayli Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda ayrim Telegram-kanallar xabar bermoqda. Hodisa tizim ishidagi nosozlik sababli yuz bergan. Uchuvchi katapulta qilib, omon qolgan.

Ta’kidlanishicha, o‘zini-o‘zi otib qo‘yish natijasida samolyot qo‘ldan boy berilgani faktini bosdi-bosdi qilish uchun voqea yuzasidan bir nechta versiyalarni tarqatish buyurilgan. Xususan, samolyot ukrainaliklar tomonidan urib tushirilgani va texnik nosozlik haqidagi versiyalar OAVlarda paydo bo‘lgan. Ammo halokatdan bir soat o‘tib, harbiy-kosmik kuchlar ofiserlaridan bir nechtasi qo‘lga olingan.

Nashr eslatishicha, bunday holat birinchi marta yuz berishi emas. Rossiya o‘zining havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tufayli bir nechta samolyotlarini yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!