Sergey Lazerov ijodida vaqtinchalik tanaffus e’lon qildi

Sergey Lazerov ijodida vaqtinchalik tanaffus e’lon qildi

Rossiyalik qo‘shiqchi Sergey Lazarev ruhiy charchoq sabab ijodida tanaffus e’lon qildi. Bu haqda u musiqa mukofotlarini topshirish marosimida gapirdi.

“Men hozir qisqa tanaffus qilaman - shunchaki dam olaman. Chunki bu holatda gastrolni davom ettira olmayman. Men o‘zimga kelishim kerak. Tug‘ilgan kunimdan oldin ruhiy charchoq boshlandi”, - dedi Lazarev.

San’atkor 20 apreldan boshlab yana sahnaga qaytadi. Qo‘shiqchi, shuningdek, bo‘lajak chiqishlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!