Sement zavodlari elektrdan uzilganmi? Energetika vazirligi munosabati

Sement zavodlari elektrdan uzilganmi? Energetika vazirligi munosabati

O‘zbekiston Energetika vazirligi sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga elektr energiyasi yetkazib berilishini to‘xtatilgani to‘g‘risidagi mish-mishlar haqiqatdan yiroq ekanligidan ogohlantiradi. Ushbu zavodlarga elektr energiyasi etkazib berish to‘xtamagan. Bu haqda vazirlikning Matbuot xizmati xabar berdi.

" - Bu yolg‘on ma’lumot bugun, 25 noyabr kuni 19 mingdan ziyod obunachiga ega bo‘lgan telegram kanallaridan birida joylashtirilgan. Mazkur telegram kanali egasi u qanday audotiriyani qamrab olishga qodir ekanini hisobga olgan holda har qanday yolg‘on ma’lumot tarqatish holati uchun javobgarlikni his qilishi lozim.  

Mish-mishni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi vakolatli manbalarga murojaat qilmay turib, “tarmoq ma’lumotlariga asoslanib” deb yozgan holda mazkur telegram kanali muallifi sement ishlab chiqaruvchi aniq korxonalarni tilga oladi va ularga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatib qo‘yilganini ma’lum qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxs yolg‘on xabar tarqatgani uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi. Ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan har qanday xabar tarqatayotgan kishi bu boradagi mas’uliyati va har qanday isbotini topmagan xabar, odamlarga mish-mishlar va tekshirilmagan ma’lumotlarni yetkazgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini aniq his qilishi lozim.

Dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 noyabr kuni Ohangaron sement zavodiga 605 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, o‘rta hisobda bu zavodga kuniga 540 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Jumladan, Quvasoy sement zavodi sutkasiga o‘rtacha 332 ming kVt.soat elektr energiyasi iste’mol qiladi," deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!