Savdo-sanoat palatasi a’zolari soni 210 000 nafarga yetdi!

Savdo-sanoat palatasi a’zolari soni 210 000 nafarga yetdi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 23.02.2023 yildagi PQ-15-son Qarorida mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinishi belgilangan.

O‘tgan 2022 yilda Palata a’zoligiga jami 3 132 nafar tadbirkorlik sub’ektlari qa’bul qilingan bo‘lsa, 2023 yilning noyabr holatiga ko‘ra, jami 210 000 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan a’zolikka tekin qa’bul qilinish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.

Siz ham Savdo-sanoat palatasiga my.chamber.uz sayti orqali a’zo bo‘ling va Palata tomonidan taqdim etilayotgan quyidagi afzallik va imkoniyatlardan foydalaning:

🫥 Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish;
🫥 Ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaxshilash;
🫥 Tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish;
🫥 Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
🫥 Tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish, kadrlar tayyorlash va boshqalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!