Saudiyalik olimlar sun’iy teri yaratdi

Saudiyalik olimlar sun’iy teri yaratdi

Saudiyalik olimlar inson terisiga o‘xshash bardoshli sun’iy teri yaratdilar. U moslashuvchan va 5 ming marta yangilanishi mumkin. Kelajakda bunday rivojlanish protezlashda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

Saudiya Arabistonidagi Qirol Abdulla nomidagi Fan va Texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan teri "elektron teri" deya atalgan.
Ixtironing 70 foiz qismi suvdan iborat ekanligi inson terisi to‘qimalariga mos keladi.

Elektron teri kelajakda inson salomatligini yoki mebel, samolyot va binolarning konstruktiv holatini kuzatish uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, uning inson terisi kabi sezgir ekanligi ta’kidlangan.

Elektron teri 8 dyuymgacha (taxminan 20 sm) uzoqlikdagi narsalarni soniyaning o‘ndan bir qismida sezishi ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, u 5 mingdan ortiq deformasiyaga dosh berib, taxminan to‘rtdan bir soniyada tiklanish xususiyatiga ega.

Olimlar ilgari inson terisini "elektron" tarzda klonlashga harakat qilishgan. Biroq, ushbu urinishlarning barchasi inson terining xususiyatlariga yuqori darajada mos kelmagan.
Tadqiqot muallifi doktor Icheng Kay tushuntirganidek, ideal elektron teri inson terisining ko‘plab tabiiy funksiyalarini, shu jumladan, harorat va teginishga real ta’sirni seza oladi.

Yangi ixtiro protezlarni yaratishda yordam berishi mumkin, ular biologik ma’lumotlarni, shu jumladan qon bosimining o‘zgarishini kuzatishi mumkin. Qabul qilingan barcha ma’lumotlarni wi-fi yordamida xotirada saqlash mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!