Saudiyada ayollarning harbiy sohada ishlashiga ruxsat berildi

Saudiyada ayollarning harbiy sohada ishlashiga ruxsat berildi

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligining e’lon qilishicha, endilikda Qirollikdagi erkaklar va ayollar yagona qabul portal orqali harbiy xizmatga hujjat topshirishi mumkin.

Ayollar Saudiya Arabistoni armiyasi, Saudiya Arabistoni havo mudofaasi, Saudiya Qirolligi floti, Saudiya Arabistoni strategik raketa kuchlari va Qurolli Kuchlarning tibbiy xizmatlarida xizmat qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu yangiliklar valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning “Vision 2030” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, u Saudiya Arabistoni ayollarini turli sohalarda faol bo‘lishlarini ta’minlovchi islohotlarni o‘z ichiga oladi.

Saudiyada Qurolli kuchlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ayol 21 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi, bo‘yi 155 santimetr va undan yuqori bo‘lishi, davlat xizmatchisi bo‘lamsligi kerak. Shuningdek, u qabul tartibini o‘tashi, sudlanmagan bo‘lishi va tibbiy jihatdan xizmatga yaroqli bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!