Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid «Hayvontepa» arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazildi

Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid «Hayvontepa» arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazildi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V–VII asrlarga oid «Qorabog‘tepa-1» arxeologik yodgorligining 585 m/kub maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid «Hayvontepa» arxeologiya yodgorligining 3500 m/kub maydoni «M.I.S» xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!