Sankt-Peterburgda o‘z sevgilisini o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi

Sankt-Peterburgda o‘z sevgilisini o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi

Sankt-Peterburgda O‘zbekistondan kelgan migrantga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqiladi, deb xabar qildi shahar prokuraturasi matbuot xizmati.

Tergov ishida yozilishicha, O‘zbekiston fuqarosi o‘z sevgilisini qaytarishga astoydil harakat qiladi, bir nechta urinishlardan so‘ng uni o‘g‘irlashga harakat qiladi.

Yigitlar mashinada qizning uyiga kelishadi. Qiz ko‘chaga chiqqan vaqtda uni urib, mashinaga o‘tqazishadi.

Biroq, yo‘lda mashinani yo‘l harakat xavfsizligi xodimlari to‘xtatishadi. Shu vaqtda qiz huquq tartibot xodimlariga sodir bo‘lgan voqeani aytib beradi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, bu qiz huquqbuzarlarga rahm qilib, o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartiradi. Biroq tergov buni inobatga olmaydi.

Huquq tartibot organ xodimlari migrantlarga nisbatan oldindan til biriktirgan holda uyushgan guruh bo‘lib odam o‘g‘rilash moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!