Sankt-Peterburgda 22 yoshli o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi

Sankt-Peterburgda 22 yoshli o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi temir yo‘lda qo‘li yo‘q erkakning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Nashrning yozishicha, jasad Sankt-Peterburg yaqinidagi Svilevo va Tixvin stansiyalari orasidan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum — 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi.

Yigit quloqchin bilan smartfonga qaragan holda poyezd oldidan o‘tishga uringan. Uning smartfon ushlagan panjasi temir yo‘l qoplamasidan 3 metr naridan topilgan.

Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tekshiruv o‘tkazmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!