Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri ushlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri O.X. “N.Sh.” MCHJning 4 nafar ishchi xodimiga sog‘lomligi to‘g‘risida tibbiy daftarcha tayyorlab berishi evaziga MCHJ rahbaridan 1,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!