Samarqandda o‘zboshimchalik bilan oltin qazib olayotganlarni tosh bosib qoldi, qurbonlar bor

Samarqandda o‘zboshimchalik bilan oltin qazib olayotganlarni tosh bosib qoldi, qurbonlar bor

Samarqandda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan Bosh prokuratura xabar berdi. Xabarda ma’lum qilinishicha, 2019 yil 17 sentyabr kuni soat taxminan 18-30 larda  3 nafar fuqarolar Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zahirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganlarida tog‘ toshi bosib qolishi natijasida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!