Samarqandda uch oyda 24 ming bola tug‘ildi

Samarqandda uch oyda 24 ming bola tug‘ildi

Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda FHDYo sohasida yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorovning qayd etishicha, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida 12513 nafar o‘g‘il, 11503 nafar qiz tug‘ilgani qayd etilgan.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand (7978 nafar) shahri va Urgut (2820 nafar ) tumaniga, eng kami Nurobod (453 nafar) va Toyloq (517 nafar) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu davrda viloyat bo‘yicha 5188 ta nikoh rasmiylashtirilgan. Bu nikohlarning 60 tasi chet el fuqarolari bilan tuzilgan. Nikohlar Urgut tumani (846 ta), Samarqand shahri (572 ta) va Pastdarg‘om (505 ta) tumanida eng ko‘p, Kattaqo‘rg‘on shahri (112 ta) va Qo‘shrabot tumanida (113 ta) eng kam qayd etilgan. Shuningdek, 1135 ta nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan qiyoslaganda tug‘ilish 1214 nafarga, nikoh 107 taga, ajrim esa 8 taga kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!