Samarqandda falokat: uch kishi kasalxonada

Samarqandda falokat: uch kishi kasalxonada

2019 yil 16 may kuni Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli J.X. o‘zining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini Samarqand shahrining Dahbed ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan kelayotgan 51 yoshli O.A. boshqaruvidagi Midibus rusumli avtobusining chap yon tomoniga urilishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, avtobusning ikki nafar yo‘lovchilari hamda Spark avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!