Samarqandda bank yuristi pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda bank yuristi pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqand viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatdagi banklarning birida bo‘lim yuristi lavozimida ishlovchi, oqdaryolik 42 yoshli T.SH. bank bilan mijozlar o‘rtasidagi muammoli vaziyatlarda ishni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelganligi aniqlandi.

Xususan, T.SH. mahalliy fuqaroning kredit masalalari bo‘yicha davlat boji va sud ishini hal qilib berish evaziga 3000 AQSh dollarini pora sifatida talab qilib, oldindan 1050 AQSh dollarini olgan hamda tezkor tadbir chog‘ida qolgan 1950 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!