Salvadorda gangsterlar uchun mega-qamoqxona ochildi
Salvadorda ochilgan 40 ming mahbusni sig‘dira oladigan muassasa Amerika qit’asidagi eng yirik qamoqxona sifatida tavsiflanmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Bu qamoqxona aslida mamlakat prezidenti Nayib Bukele e’lon qilgan jinoyatchilikka qarshi kurashning episentri hisoblanadi.
Salvadorda hukumat zo‘ravonlik va jinoiy qotilliklarga javoan mart oyidan buyon favqulodda holat joriy qilgan. Polisiyaning ko‘plab maxsus operasiyalari natijasida gangster guruhlariga aloqadorlikda gumon qilingan o‘n minglab shaxslar hibsga olindi.
Terrorizmga qarshi markaz deb nomlangan katta qamoqxona 40 ming kishini sig‘dira oladi.
Mahkumlarni kameraga olib borishdan oldin qo‘llarini boshlariga qo‘yib o‘tqazadilar, sochlari qirqib olinadi.
Prezident Bukele Twitterda qamoqxonadagi mahkumlar videosini joylashtirdi va quyidagi yozuvni qoldirdi: «Bugun biz 2000 nafar jinoiy guruh a’zolarini Terrorga qarshi kurash markaziga o‘tkazdik. Bu ularning yangi uyi bo‘ladi, ular o‘nlab yillar davomida aralashib yashaydilar va endi odamlarga zarar yetkaza olmaydilar«.
Yangi gangster qamoqxonasi poytaxtdan 74 kilometr uzoqlikdagi Tekoluka munisipalitetidan ajratilgan hududda qurilgan. Bu Lotin Amerikasidagi eng yirik tuzilma hisoblanadi. Jinoyatchilarning qochishining oldini olish uchun eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan.
Qamoqxona sakkizta binodan iborat bo‘lib, ularning har biri 100 kvadrat metr maydonni egallagan 32 ta katta kameradan iborat. U yerda yuzlab mahkumlar o‘tirishadi. Har bir kamerada ikkita qo‘l yuvgich va ikkita hojatxona mavjud. Salvador prezidenti tomonidan qabul qilingan favqulodda choralar ko‘pchilik tomonidan fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini cheklash uchun qabul qilinadi. Xususan, huquq-tartibot idoralariga gumondorlarni orderni kutmasdan darhol qo‘lga olishiga ruxsat berildi.
Antigangster urushi davomida Salvador hukumati 64 ming kishini hibsga oldi.


