Sadir Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi kutilmoqda

Sadir Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi kutilmoqda

“Ikki prezidentning bo‘lajak uchrashuvi yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi mushtarak irodani o‘zida mujassamlashtirgan holda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim lahza bo‘ladi”, — degan u 13 iyun kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston—O‘zbekiston biznes-forumida.

Uning ta’kidlashicha, davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Bu maqsadga erishish uchun birgalikda harakat qilish, barcha mavjud vosita va mexanizmlarni ishga solish lozim.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga so‘nggi marta 2023 yilning noyabrida, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ishtirok etish uchun kelgandi. Davlat tashrifi bilan esa 2021 yilning mart oyida kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!