Sadir Japarov Erdog‘an bilan telefonda gaplashdi

Qirg‘iziston prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga sabr, jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Japarov ushbu qiyin damda Qirg‘iziston qardosh Turkiya bilan yonma-yon ekanligini va qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rinishida har tomonlama yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident topshirig‘iga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, psixologlar va kinologlardan iborat maxsus guruhi Turkiyaga jo‘natilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)