Rossiyaga hech kim tahdid qilmaydi, Ukrainaga esa yangi harbiy yordam jo‘natiladi — Liz Trass

Rossiyaga hech kim tahdid qilmaydi, Ukrainaga esa yangi harbiy yordam jo‘natiladi — Liz Trass

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass BMT Bosh Assambleyasida Rossiyaga hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi.

Shu bilan birga, u Britaniya Ukrainaga yangi qurollar, jumladan, MLRS tizimini yetkazib berishda davom etishini aytdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Avvalroq Trass “xalqaro maydonga qaytish” uchun Rossiya Federasiyasi Ukrainadagi maxsus operasiyani yakunlashi va mamlakatga tovon to‘lashi kerakligi haqida fikr bildirgandi.

London 2023 yilda Ukrainaga harbiy yordam uchun taxminan 2,3 milliard funt sterling ajratishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!