Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 7 foizga kamaydi

Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 7 foizga kamaydi

Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga qisqarib, 620 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda hukumat departamenti - Milliy statistika xizmati xabar berdi.

Rossiya Gruziyaning eng yirik savdo sheriklari orasida hamon ikkinchi o‘rinda (Turkiyadan keyin). Birinchi chorakda Gruziya tashqi savdosida Rossiyaning ulushi 13,2 foizni tashkil etadi.

Yilning dastlabki uch oyida Gruziyadan Rossiyaga tovarlar eksporti 160 million dollardan oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga kam. Import 458 million dollarni tashkil etdi (yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga kam).

Gruziya Rossiyaga asosan vino va alkogolsiz ichimliklar, shuningdek, sitrus mevalari yetkazib berdi. Rossiyadan Gruziyaga neft va gaz, po‘lat armatura, bug‘doy va shisha idishlar keltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!