Rossiya va Eron yana bir sohada hamkorlik qiladigan bo‘ldi

Rossiya va Eron yana bir sohada hamkorlik qiladigan bo‘ldi

Eron va Rossiya energetika, kemasozlik va samolyotsozlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Eron sanoat, kon va savdo vaziri o‘rinbosari, Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari Alirizo Peymanpak ma’lum qildi.

Peymanpak va Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari Aleksandr Shoxin chorshanba kuni Rossiya-Eron ishbilarmonlik hamkorligi kengashini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi.

“Biz qurilish va loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar doirasida prinsipial kelishuvlarga erishdik”, - dedi Peymanpak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron tomoni “bu sohalarda loyihalarni faol amalga oshirish” niyatida.

Avvalroq Eron Rossiya bilan 300 million dollarlik avtomobillarini eksport qilish bo‘yicha memorandum imzolagani haqida xabar bergandik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!