Rossiya va AQSh fuqarosi Qozog‘iston orqali Rossiya Federasiyasiga qurol yetkazib berganini tan oldi

Rossiya va AQSh fuqarosi Qozog‘iston orqali Rossiya Federasiyasiga qurol yetkazib berganini tan oldi

Rossiya va AQSh fuqarosi Dmitriy Timashev Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarni buzganlikda aybini tan oldi, deb xabar bermoqda AQSh Adliya vazirligi. Gap o‘qotar qurol qismlari, butlovchi qismlar va o‘q-dorilarni Rossiyaga ruxsatsiz eksport qilish haqida bormoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 58 yoshli Timashev bu tovarlarni qizining o‘qishi va Yekaterinburgdagi ijara haqini to‘lash evaziga yuborgan. Qurol eksporti 2020–2023 yillarda amalga oshirildi. 2022 yilning iyuligacha posilkalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga, keyinroq esa Qozog‘iston orqali jo‘natildi. Deklarasiyalarda posilkalarning mazmuni haqida yolg‘on ma’lumotlar berilgan.

Hukm 8 noyabrga belgilangan. Timashev 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. AQSh Adliya vazirligi xabarida mahsulotlarni oluvchi kim ekanligi aytilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!