Rossiya koronavirusning omikron shtammi bilan qanday kurashadi?

Rossiya koronavirusning omikron shtammi bilan qanday kurashadi?

Koronavirusning omikron shtammini har qanday darajadagi profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqaligina to‘xtatish mumkin, deydi RUDN universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi dosenti Sergey Voznesenskiy.

Mutaxassisning ishonchi komilki, vaksinalar koronavirusning yangi shtammiga qarshi samarali bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun yangi chora-tadbirlar talab etilmaydi. Voznesenskiy, shuningdek, omikron holatida kasallikning og‘ir kechishi qayd etilmaganini aytdi.

Avvalroq, shifokorlar omikron epidemiyasi qachon sodir bo‘lishini aytishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!