Rossiya boks federasiyasi taniqli Liganing lisenziyasini to‘xtatib qo‘ydi

Rossiya boks federasiyasi taniqli Liganing lisenziyasini to‘xtatib qo‘ydi

Rossiya boks federasiyasi Hardcore FC Ligasining lisenziyasi to‘xtatilganini e’lon qildi.

Tashkilot, shuningdek, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi va qoidalarga muvofiq jarima to‘lashi kerak. Bundan tashqari, Hardcore FC Rossiya boks federasiyasining ishbilarmonlik obro‘siga yetkazilgan zararni ham qoplab beradi.

Eslatib o‘tamiz, Reglamentni buzganlik uchun liga lisenziyasi olib qo‘yilishi mumkin. Huquq-tartibot idoralari Hardcore FC jangchisining harakatlari yuzasidan ham tergov olib bormoqda.

22 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Hardcore turnirida sportchi Javid Rizayev zalda bo‘lgan Artur Kulinskiyni "rus cho‘chqasi" deya haqoratlab, janjallashib qolgan. Federasiya allaqachon Rizayevni diskvalifikasiya qilgan va Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasiga ham murojaat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!