Rossiya Afg‘onistonga gaz sotishni boshladi

Rossiya Afg‘onistonga gaz sotishni boshladi

Rossiya Afg‘onistonga gaz sotishni boshlaydi. Bu haqda Reuters agentligiga mamlakat Savdo va sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Hoji Nuriddin Aziziy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Tolibon ma’muriyatiga xomashyo sotib olishda chegirma taklif qilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu harakat Afg‘oniston hokimiyatga qaytganidan keyin imzolagan birinchi yirik xalqaro iqtisodiy kelishuvdir. Kelishuv Tolibonni global bank tizimidan samarali ravishda uzib qo‘ygan yakkalanishini yumshatishga yordam berishi mumkin.

28 avgust ma’lum bo‘ldi. Afg‘onistonning TOLOnews nashri Afg‘oniston Savdo va sanoat vazirligiga tayanib, sanksiyalar tufayli tranzaksiyalar uchinchi davlatlar orqali amalga oshirilishini aytdi. Ayni paytda Rossiya va Afg‘oniston banklari G‘arb cheklovlari ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!