Rossiya 15 fevraldan beri "Crocus City Hall" da teraktni amalga oshirishga tayyorlanayotgani haqida bilgan

Rossiya 15 fevraldan beri "Crocus City Hall" da teraktni amalga oshirishga tayyorlanayotgani haqida bilgan

Kirill Budanovning aytishicha, yaqinlashib kelayotgan terakt xavfi haqidagi ma’lumotlar Suriyadagi razvedka boshqarmasi orqali Moskvaga etkazilgan.

"Rossiyadagilar g‘alati tarzda hammasi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgani haqida ertak aytishmasin", —deya ta’kidladi Budanov Strategik kommunikasiyalar bo‘yicha uchinchi xalqaro forumdagi nutqida.

Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva jangarilar Rossiyaga qayerdan va qaysi davlatlar orqali yetib borishini bilgan.

Kreml teraktda qidirayotgan "Ukraina izi" haqida gapirar ekan, Budanov Rossiya rasmiylari "Crocus City" da sodir bo‘lgan voqealar versiyalarini allaqachon uch marta o‘zgartirganini bildirdi.

"Patrushev va Bortnikovning voqeaga dastlabki izohlari paydo bo‘ldi, ular meni shaxsan aybladilar va bularning barchasini Ukraina qilgan demoqda. Bu bema’nilik. Garchi biz dushman bo‘lsak ham, men, qoida tariqasida, tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini ma’qullamayman", — deya qo‘shimcha qildi Budanov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!