Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi

Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida yakunlamasligini aytdi.

«Faoliyatimni «Sporting»da yakunlayman. Hatto bir mavsum o‘ynasam ham men bu klubga hurmat namoyish etishim kerak. Boshqalar menda hech qanday iqtidorni ko‘rmagan paytda ular meni topishdi va yetuk futbolchi bo‘lib yetishishimda katta hissa qo‘shishdi. Aks holda men McDonalds'da ishlagan bo‘lardim», – dedi Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida. Ronaldu 1997-2003 yillarda «Sporting» tizimida shug‘ullangan, faoliyat yuritgan. U asosiy jamoa safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 6 assist muallifi bo‘ldi. Krishtianuning «An-Nasr» bilan shartnomasi kelasi mavsumda yakuniga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!