Robert Fisoga uyushtirilgan suiqasd terakt sifatida tasniflandi

Robert Fisoga uyushtirilgan suiqasd terakt sifatida tasniflandi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoga suiqasd uyushtirilganidan 7 hafta o‘tib, jinoyat “terrorchilik harakati” sifatida tasniflandi. 4 iyul, payshanba kuni bosh prokuror Marosh Jilinka ayblovlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni ma’lum qildi, deb xabar beradi dw.com.

Hujum sodir bo‘lgan joyda qo‘lga olingani taxmin qilingan hujumchiga umrbod qamoq jazosi kutilmoqda. Bundan tashqari, ushbu jinoyatni jamoatchilik tomonidan ma’qullash ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Gumonlanuvchiga “o‘ta og‘ir terrorchilik jinoyati”da ayblanayotgani ma’lum qilindi, dedi Slovakiya Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Zuzana Drobova AFP agentligiga. U dastlab qotillikka urinishda ayblangan.

Slovakiya bosh vaziriga suiqasd 15 may kuni mamlakatning markaziy qismidagi Gandlov shahrida sodir bo‘ldi. OAV guvohlarga tayangan holda xabar berishicha, Robert Fiso hukumat sayyor majlisidan so‘ng mahalliy aholiga yaqinlashgan va shu vaqtda o‘q uzilgan. Siyosatchi qorni, qo‘li va oyog‘idan yaralangan. Vazirlar kabineti rahbari vertolyotda Banska-Bistrisa shahriga olib ketildi. Keyingi kunlarda 59 yoshli Fiso ikkita murakkab operasiyani boshdan kechirdi va may oyining oxirida kasalxonadan chiqdi va tuzalib ketdi.

Hujum qilgan 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula voqea joyida qo‘lga olindi. 18 may kuni Pezinok shahri sudi erkakni hibsga olishga qaror qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Sintula o‘z harakatini Fiso hukumati faoliyatiga rozi emasligi va so‘roq paytida bosh vazirga shaxsiy nafrati bilan izohlagan, u aybini tan olgan; Slovakiya rasmiylari ham hujumchi yolg‘iz harakat qilishi mumkin emasligini istisno qilmayapti, deya ma’lum qildi 19 may kuni mamlakat ichki ishlar vaziri Matush Shutay-Eshtok.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!