«Real» afsonasi 89 yoshida vafot etdi

«Real» afsonasi 89 yoshida vafot etdi

«Real»ning afsonaviy futbolchisi Fransisko Xento 19 yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madrid jamoasi rasmiy sayti ma’lum qildi.

Ispaniyalik sobiq futbolchi 1953 yildan 1971 yilga qadar Madrid jamoasi sharafini himoya qilgan. Xento umumiy hisobda jamoa safida 600 ta o‘yinda ishtirok etib, 182 ta gol urgan.

Xento Yevropa Chempionlar Kubogida 6 marta chempion bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi. Undan tashqari «Real» bilan 12 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi va 1960 yilda Qit’alararo Kubokni qo‘lga kiritgan.

Fransisko «qaymoqranglilar» safida umumiy hisobda 23 ta sovrin yutgan. 17 yanvar kuni Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan Marselo «Real»dagi sovrinlar soni bo‘yicha Xentoning rekordini takrorlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!